Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sayyoraning 2-raqamli eng uzun odami Parijda polda uxlashga majbur bo‘lmoqda

Sayyoraning 2-raqamli eng uzun odami Parijda polda uxlashga majbur bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

Mehrzod nomi bilan mashhur eronlik sportchi Murtazo Mehrzodselakjoniy uch karra Paralimpiya chempioni bo‘lishi mumkin. Uning bo‘yi deyarli 2,5 metrni tashkil etadi. Ushbu natija uni dunyodagi ikkinchi eng baland odamga aylantiradi.

Sportchi bunday bo‘y sabab Parij Paralimpiya bahslari davomida polda uxlashga majbur bo‘lmoqda.

Murtazo Mehrzodselakjoniy o‘tirgan holda o‘ynaladigan voleybol bo‘yicha Eron milliy jamoasining ajoyib o‘yinchisi hisoblanadi. Jamoa bosh murabbiyi Hadi Rezaygarkoniy OAVga sportchiga Tokiodagi o‘yinlarda bo‘lgani kabi maxsus yotoq berilmagani va u yerda uxlab qolishga majbur bo‘layotganini aytdi.

“Uning maxsus krovati yo‘q, lekin uning hayotdagi eng muhim maqsadi bor, deb ta’kidladi murabbiy. U yerda uxlayotgani yoki to‘yib ovqatlanmayotgani muhim emas. Uning uchun asosiysi — chempion bo‘lish”.

Eron 1988 yildan beri o‘tirgan holda o‘ynaladigan voleybol bo‘yicha to‘qqizta Olimpiya o‘yinlarining yettitasida g‘olib chiqdi. Parijdagi oltin 2016 yilda Paralimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etgan Mehrzodselakjoniy uchun uchinchisi bo‘lishi mumkin.

Sportchiga bolaligida o‘ng oyog‘i chap oyog‘idan 15 santimetr kaltaroq bo‘lishiga olib keladigan kam uchraydigan gormonal kasallik bo‘lgan akromegaliya tashxisi qo‘yilgan. O‘smirlik chog‘ida u velosipedda halokatga uchraganida tos suyagidan ham jarohat olgan.

Milliy terma jamoa murabbiyining aytishicha, u birinchi marta Mehrzodselakjoniy haqida 2011 yilda mahalliy telekanallardan biridagi realiti-shouda o‘z hayot qiyinchiliklari bilan o‘rtoqlashganida bilgan.

“Menimcha, Mehrzodselakjoniy 11 yilni uyida ko‘chaga chiqmay o‘tkazdi. Eng baland bo‘yli odam bo‘lgani uchun u odamlarning yonida o‘zini noqulay his qilardi. Lekin hozir hamma unga chempionga qaragandek qaraydi”, deydi Rezaygarkoniy.

Mehrzodselakjoniy Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi eng baland bo‘yli sportchi sanaladi — hattoki, o‘tirganda ham uning bo‘yi 1,8 metrdan oshadi. Tokio uchun maxsus tayyorlangan karavotga ega bo‘lgan sportchi Parijda polda uxlashi kerak. Uyatchan sportchi ba’zan nogironlar aravachasidan foydalanadi va tashqariga chiqishdan uyalib, besh yilni uyida yolg‘iz o‘tkazdi.

“Avvallari odamlar menga hayrat bilan qarashardi, dedi u 2016 yildagi debyutidan so‘ng Eron Paralimpiya qo‘mitasiga. Ammo men o‘tirgan holda voleybol o‘ynashni boshlaganimdan va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritganimdan so‘ng, endi odamlar men bilan uchrashishdan xursand bo‘lib, selfi so‘rashmoqda”.

Ma’lumot uchun, Eron jamoasi Parijdagi Olimpiadada ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Jamoa Ukraina va Braziliya jamoalari ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:32, 03.09.2024.
O'qildi: 2688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.