Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR termasidan har jabhada ustun

O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR termasidan har jabhada ustun

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 3-saralash bosqichida ilk uchrashuvini KXDR termasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 5 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuvdan avval har ikkala terma jamoaga oid statistikani e’tiboringizga havola qilamiz.

Vakillarimiz KXDR termasi bilan jami 11 marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan.

Ushbu o‘yinlarning 6 tasi o‘rtoqlik, 4 tasi jahon chempionati saralashi va bittasi Osiyo kubogi doirasida o‘tkazilgan.

Mazkur bahslarda vakillarimiz 7 marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 durang va 1 marotaba mag‘lub bo‘lgan. E’tiborli jihati shundaki, ilk marta 1998 yil o‘tgan O‘zbekiston – KXDR uchrashuvida 4:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, so‘nggi bahs 2019 yilda tashkil etilgan va unda ham vakillarimiz 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Statistikadan ko‘rinib turibdiki, barcha jihatlarda O‘zbekiston terma jamoasi ustun va bu futbolchilarimiz uchun ham birinchi o‘yinda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishlari uchun motivasiya bo‘la oladi.

Har bir o‘yin oldidan muxlislar o‘z terma jamoalarining transfer narxi bilan qiziqishlari tabiiy.

O‘zbekiston va KXDR termalarining "transfermarkt"dagi bahosi bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining umumiy transfer bahosi 35,25 million yevroni tashkil qilsa, KXDR termasi tarkibining umumiy transfer qiymati 6,55 million yevro.

Tarkibimizdagi eng qimmat futbolchi Abbosbek Fayzullayev (SSKA). Uning transfer qiymati 6 million yevro. Raqib jamoasida esa Kuk Jol-CHangning transfer narxi 450 ming yevroga baholangan.

KXDR termasining umumiy transfer narxi bizning yosh iste’dodli futbolchimiz Abbosbek Fayzullayevdan biroz qimmatroq ekani ham bu o‘yindagi ustunlik Srechko Katanes shogirdlari tomonidaligini ko‘rsatib turibdi.

Ha, bugun o‘zbek futbolida oldinga siljish bor va muxlislar futbolchilarimizdan ulkan zafarlar kutishda davom etmoqda.

Umid qilamizki, terma jamoamiz jahon chempionatining 3-saralash bosqichi ilk uchrashuvida g‘alabaga erishadi va bu muvaffaqiyat so‘nggi turga qadar davom etadi.

Kiritildi: 17:17, 03.09.2024.
O'qildi: 3116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик