Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Otabek Shukurov: “Potensialimiz Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli”

Otabek Shukurov: “Potensialimiz Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Otabek Shukurov O‘zbekiston milliy jamoasi mashg‘ulotlarida OAV vakillariga intervyu berdi.

Futbolchi klubini nega o‘zgartirgani va Turkiyadagi faoliyati haqida gapirdi.

“To‘g‘ri, klubimni o‘zgartirdim. Barchasi ortda qoldi. “Kayserispor”da bir oz muammolarga duch keldik. Bosh murabbiy va menejerlar bilan ishlash qiyin kechdi. Shu jihatlar sababli klubimni o‘zgartirishga qaror qildim. So‘nggi vaqtda o‘yin amaliyotisiz ham qolib ketayotgandim. Yaratganga shukr, barchasi ortda qoldi. Yangi jamoamda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, terma jamoamizga Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishda yordam berish maqsadidaman”.

Foto: “O‘FA”

Bundan tashqari Shukurov terma jamoa bilan uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayoni va zich taqdim muammo tug‘dirmasligini bildirdi.

“O‘yinga kam vaqt qoldi. Terma jamoamizning o‘zagi 3-4 yildan beri shakllanib kelmoqda. Muhimi, yaxshi ichki muhit bo‘lishi. Shu orqali Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz mumkin.

Futbolchilar butun faoliyati davomida bunday (zich) taqvimda o‘ynab keladi. Bu muammo tug‘dirmaydi deb o‘ylayman. Yaqin bir yilda barcha futbolchilar o‘z holatini nazorat qilib turishi kerak bo‘ladi. Murabbiylar shtabi ham bunday bizga ko‘maklashmoqda. Bunday sinovlarni yengib o‘sak, mundialga yo‘l olishimiz mumkin”.

Otabek Shukurov bahslarga futbolchilar ruhan tayyorligi va JCH-2026 saralashi bundan oldingilaridan qanday farqlari borligini ma’lum qildi.

“Hamma (ruhan) tayyor deb o‘ylayman. Biz bunga to‘rt yil davomida tayyorgarlik ko‘rdik. Shaxsan o‘zim ham futbolchi sifatida ikkita saralash bosqichlarida ishtirok etganman va Jahon chempionatiga chiqa olmaganman. Bosh murabbiyimiz ham bugun shu haqda aytib o‘tdi. Bu bosqichda katta bosimga e’tibor bermaslik kerakligini, har doim qilib kelgan ishimizni bajarishimiz kerakligini ta’kidladi. Hech qanday bosimsiz, bor o‘yinimizni namoyish eta olsak bo‘lgani. Potensialimiz Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli.

Bu safar bir murabbiy bilan 4 yildan buyon tayyorgarlik ko‘rib kelmoqdamiz. Jamoa o‘zagi o‘zgarmadi. Shu sabab bir ahil jamoa yig‘dik. Tarkibimizda yaqqol ajralib turadigan futbolchi yo‘q. Barcha futbolchilar birdek muhim. Bu bizning ustunligimiz deb o‘ylayman.

Hozirgi kunda futbol har kuni o‘zgarmoqda. Futbolchi sifatida ham kecha qilgan ishingizni bugun bajara olmay qolishingiz mumkin. Eng asosiysi, o‘yin kuni qanchalik tayyor bo‘lishingiz muhim. Bu eng katta omil. Bu uchrashuvlarning barchasi tarixga aylandi. Biz endi yangi tarix yaratishga harakat qilamiz. Barcha muxlislarimizdan bizni duo qilishlarini so‘raymiz. Sizlar, ya’ni OAV vakillaridan ham terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlaringizni iltimos qilgan bo‘lardim”.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov faoliyatini Saudiyaning “Al-Fayha” klubida davom ettiradi. Saudiyaliklar Shukurov uchun “Kayserispor” jamoasiga 400 ming yevro to‘lab berdi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralash bahslarini KXDRga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Uchrashuv ertaga, 5 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:35, 04.09.2024.
O'qildi: 1339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик