«Real»ning sobiq hujumchisi Xoselu bu yil «Oltin to‘p»ni kim olishga loyiq ekanligini aytdi.
«Oltin to‘p»? Uni Karvaxalga topshirardim. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda g‘alaba qozongan bo‘lsa, bu mavsumda u UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Dani Ispaniya terma jamoasi tarkibida ham Yevropa chempioniga aylandi. U Chempionlar ligasi finalida gol urgan. Tashkilotchilar Karvaxalning yutuqlarini e’tirof etishlari va unga mukofot topshirishlari kerak», - dedi Xoselu.
O‘tgan mavsumda Karvaxal 41 ta o‘yinda ishtirok etgan. Himoyachi oltita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" uning narxini 12 million yevroga baholamoqda.