Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topildi va doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi

Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topildi va doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi.

Chexiya sudi bergan ma’lumotga ko‘ra, Mahmud Murodov uyushgan jinoyatchilar bilan doimiy aloqa o‘rnatgani sabab mamlakat aholisiga xavf soladi. Aynan shu sabab bilan sportchiga Chexiyada doimiy istiqomat qilish mumkin bo‘lmaydi.

MMA jangchisi Chexiyada istiqomat qiluvchi to‘rt yashar qizini tarbiyalash va janglarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega edi.

34 yoshli Murodov Chexiyaga ilk bor 2011 yilda kelgan. Chex matbuotining xabar berishicha, Boshpana va migrasiya siyosati departamenti may oyida Murodovning Chexiyada vaqtincha yashash uchun topshirgan arizasiga rad javobini bergan.

Murodov departament qaroriga javoban sudga da’vo arizasi kiritgan, ammo bu ish ham o‘zbekistonlik foydasiga hal bo‘lmadi.

Sud aybloviga ko‘ra, Mahmud Murodov Bolqon uyushgan jinoiy guruh a’zolari bilan aloqada bo‘lgan. Mahmud Murodov ushbu ayblovni inkor etadi.

“Men mafiya bilan hamkorlik qilmayman, mafiyadan hech kimni tanimayman ham. Na chex, na Bolqon, na rus, na yaqin sharqdagilarni. Polisiya yoki vazirlik mening kim bilan aloqada ekanimni aysin. Bunga tushuntirish beraman”, degan Murodov.

“U ommaviy axborot vositalarida taniqli shaxs, uning butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari bor. Ko‘pchilik u bilan suratga tushishni yoki turli tadbirlarga taklif qilishni xohlaydi. Uning bunday tadbirlarda qatnashishga haqi bor. O‘sha kishilarning nima bilan shug‘ullanayotgani yoki bu jinoyatchi shaxs ekanini bilish imkonsiz”, deydi sportchining advokati.

Murodov ko‘pi bilan besh yil muddatga olinadigan vaqtinchalik propiska uchun ariza bergan edi. Sud hukmidan keyin u Chexiyani tark etishi kerak. Bundan buyon u mamlakatda viza asosida qolishi mumkin bo‘ladi, bu unga Chexiya Respublikasida olti oy davomida maksimal 90 kun bo‘lish imkonini beradi. Bu muddat tugasa, u mamlakatni tark etishi kerak. Sportchi xohlagan vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan viza bo‘yicha yana sayohat qilishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Murodov hozirda Octagon MMA bilan shartnoma imzolangan va sentyabrda bo‘ladigan jang uchun Chexiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, endi u mashg‘ulotlarni Polshada davom ettiradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:57, 05.09.2024.
O'qildi: 7442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.