Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham: "Italiya – Italiya bo‘lib qolaveradi"

Desham: "Italiya – Italiya bo‘lib qolaveradi"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Italiya terma jamoasining kuchi haqida gapirdi. Juma kuni fransuzlar va italiyaliklar Millatlar ligasining 1-turi doirasida "Park de Prens"da o‘ynashadi.

Desham so‘zlariga ko‘ra, Italiya terma jamoasi so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, ashaddiy raqib bo‘lib qolmoqda.

"Italiya jamoasi raqobatbardoshligicha qolmoqda. Spaletti ko‘plab o‘yinchilarni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, ammo Italiya Italiya bo‘lib qolmoqda. Biz uchun bu ruhan yaqin raqib, ko‘plab fransiyalik futbolchilar A Seriyada o‘ynashadi", - dedi murabbiy.

Fransiya - Italiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Kiritildi: 07:23, 06.09.2024.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик