Fransiyalik markaziy yarim himoyachi Adriyen Rabyo faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirmoqchi emas, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi haligacha jamoasisiz bo‘lsa-da, turk klublaridan takliflarni qabul qilishni rejalashtirmayapti.
Rabio shu yozda shartnomasini yakunlab, erkin agent sifatida «Yuventus»ni tark etdi. Avvalroq u «Tuluza» va «PSJ»da o‘ynagan.