Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Prezidentimiz Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezidentimiz Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Baho:
+ | -

Kecha Parij Paralimpiadasida qatnashayotgan O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi oltin medallar sonini 10 taga yetkazib, tarixdagi eng yaxshi natijasini yangiladi.

O‘z g‘alabalari bilan ushbu tarixiy natijaga hissa qo‘shgan yengil atletikachilarimiz Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi va ularni dildan tabrikladi.

- Tinimsiz kuzatib boraman faoliyatingni. Olimpiya shaharchamizda qurilishni boshlaganimizda "Paralimpiadadan oltin bilan kelaman", degan yoqimli so‘zlaring esimda. Bu nimadan dalolat? Tinimsiz harakat, irodali intilishlaring bilan tobora o‘sib borayapsan. Bergan va’dangni ortig‘i bilan bajarding,
- deya davlatimiz rahbari bir yo‘la jahon rekordini o‘rnatgan va uni yana yangilagan Nurxon Qurbonovani tabrikladi.

- Bir necha kun oldin yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini olgan eding. Ikki sport turi bo‘yicha ikkita yuksak natija - bu chinakam jasorat. Bu yutuqlar mashaqqatli mehnatlaring, tinimsiz mashqlaring, to‘plagan boy mahorating mevasidir,
- dedi Prezidentimiz Tolibboy Yo‘ldoshev bilan suhbatda.

Chempion paralimpiyachilarimiz bu yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, davlatimiz rahbarining paralimpiya harakatiga qaratayotgan e’tibori va ishonchi tufayli erishilayotganini ta’kidlab, o‘z nomidan, murabbiylari va ota-onasi nomidan minnatdorlik bildirdi.

Manba: Paralympicuz
Kiritildi: 22:17, 07.09.2024.
O'qildi: 3700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.