Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Kompani: "Bavariya"dek klubda sovrinlar yutish kerak"

Kompani: "Bavariya"dek klubda sovrinlar yutish kerak"

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubining yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani nemis grandida ishlashga yondashuvi haqida gapirdi. Belgiyalik mutaxassis g‘alaba qozonish madaniyati va klub rahbariyatining oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Bavariya" rahbariyati oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ygan? Chempionlar ligasidagi g‘alaba va chempionlik unvoni?

- Albatta, "Bavariya"dek klubda sovrinlar yutish kerak. Lekin bu men uchun yangilik emas. Men "Anderlext"da ana shu g‘alaba qozonish madaniyatida o‘sganman. APLda uchinchi eng kam byudjetga ega bo‘lgan "Byornli"da ham men har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlardim", - dedi Kompani La Dernière Heure bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik mutaxassis shu yilning yozida "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi. O‘tgan mavsumda Kompani Angliya Premyer-ligasining 38-turidan so‘ng 24 ochko jamg‘argan “Byornli”ni boshqarib, 19-o‘rinni egallab, Chempionshipga tushib ketdi. 38 yoshli murabbiy qo‘l ostida "Byornli" barcha musobaqalarda 96 uchrashuvda qatnashib, 41 marta g‘alaba qozongan, 24 marta durang o‘ynagan va 31 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Kiritildi: 22:09, 08.09.2024.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.