Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres Shveysariyaga qarshi o‘yinda (4:1) Ispaniya uchun zaxiradan tushib juda foydali o‘yin ko‘rsatdi.
Opta xabariga ko‘ra, Ferran Torres – ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, gol + assist qilgan Millatlar Ligasi tarixidagi birinchi Ispaniyalik futbolchi bo‘ldi.