Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu terma jamoada eng ko‘p golni kimga urgani ma’lum bo‘ldi

Ronaldu terma jamoada eng ko‘p golni kimga urgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

8 sentyabr, yakshanba kuni Portugaliya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasida Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Roberto Martines shogirdlari 2:1 hisobida irodali g‘alabani tantana qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu g‘alaba to‘pini kiritdi. Hujumchi zaxiradan maydonga tushdi va uchrashuv oxirida shotlandlar darvozasiga yo‘l topdi. Bu gol uning faoliyatidagi 901-gol bo‘ldi.

Krishtianu faoliyati davomida 48 ta terma jamoa darvozasiga gol urgan. Hujumchining samarali harakatlaridan Lyuksemburg terma jamoasi eng ko‘p zarar ko‘rdi. U Ronaldudan 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 10:40, 09.09.2024.
O'qildi: 2261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.