Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Srechko Katanes: «Faqat yuguravermasdan aqlni ham ishlatish kerak»

Srechko Katanes: «Faqat yuguravermasdan aqlni ham ishlatish kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va futbolchimiz Odiljon Hamrobekov Qirg‘iziston Respublikasi terma jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bosh murabbiy mezbonlarga iliq kutib olishgani uchun minnatdorlik bildirdi.

—“Avvalambor, samimiy mehmondo‘stlik uchun tashakkur bildirmoqchiman. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi, ertangi o‘yinga tayyormiz. Jahon chempionatiga yo‘l olish uchun har bir uchrashuvda yaxshi natija qayd etishimiz shart.

Adaptasiya haqida

— “Biz qo‘shnilarmiz, o‘rtadagi masofa juda yaqin va ikki mamlakat o‘rtasidagi masofani bor-yo‘g‘i bir soatda bosib o‘tdik. Futbolchilarga adaptasiya uchun hech qancha vaqt kerak bo‘lgani yo‘q.

Sun’iy qoplamali maydon haqida

Afsuski, men hech nimani o‘zgartira olmayman. Agar shu maydonda futbol o‘ynashga ruxsat berilgan bo‘lsa, biz o‘ynashga majburmiz. Biz hech nimadan qo‘rqishimiz kerak emas. Yuqori texnikaga ega jamoamiz.

Futbolchilarning jismoniy holati haqida

—Jismoniy holat yomonligi o‘tgan o‘yindan so‘ng ortda qoldi. O‘sha bahsda biz 11 nafar askarlarga qarshi o‘ynadik, deyishimiz mumkin. Ular jismoniy jihatdan yaxshi holatda edi. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, ertangi bahsda ham ustunlikka erishamiz.

Faqat yuguraverishning foydasi yo‘q, aqlni ham ishlatish kerak. O‘z o‘yinimizni namoyish eta olsak, ertaga barchasi yaxshi yakun topishiga ishonaman. Ertaga uch ochko uchun maydonga chiqamiz”, dedi O‘zbekiston murabbiyi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi ham ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— “Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, avvalo, mehmondo‘stlik uchun minnatdormiz. Bu bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q, shunday ekan, biz ham ertangi bahsda faqat va faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz hamda o‘zimiz uchun kerakli natija bilan ortga qaytishga harakat qilamiz.

Jamoalarning so‘nggi qarama-qarshiligi haqida

— Osiyo kubogi oldidan Qirg‘iziston jamoasini yirik hisobda mag‘lub etganmiz, biroq o‘sha bahs ikkala jamoa ham ko‘proq jismoniy jihatga e’tibor qaratgan paytga to‘g‘ri keldi. Ertangi bo‘ladigan uchrashuvimiz esa mundial yo‘llanmasi uchun haqiqiy saralash o‘yini bo‘ladi.  Ertangi uchrashuvning ahamiyati yuqori, chunki raqibimiz o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarga umuman boshqacha tayyorgarlik ko‘radi. O‘ylaymanki, murosasiz va qiziqarli bahs bizni kutib turibdi”, deya futbolchining so‘zlarini keltiradi O‘FA matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ertaga, 10 sentyabr kuni Qirg‘iziston jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mezbonlarga qarshi o‘zbekistonliklar ko‘k libosda o‘ynaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:37, 09.09.2024.
O'qildi: 3323 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.