“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasi safida 100 o‘yinlik marraga yetdi.
32 yoshli futbolchi uchun 100-o‘yin Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan Botsvanaga qarshi o‘yin bo‘ldi va unda misrliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Liverpul” hujumchisi bitta gol urdi. Umuman olganda, yulduz forvard 2011 yildagi debyutidan buyon terma jamoa safida 100ta o‘yinda 58ta gol urgan.