Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Abdulla Solihov: "Futzal jamoamiz avvalgi natijani yaxshilaydi"

Abdulla Solihov: "Futzal jamoamiz avvalgi natijani yaxshilaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sobiq futzalchisi Abdulla Solihov Jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mundial haqida

"Bu yilgi mundial tarixdagi eng yaxshisi, shuningdek, eng qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘ladi, deb umid qilaman. Mundial o‘z yurtimizda bo‘layotgani futzalning ommalashiga, ushbu sport turining rivojiga katta turtki beradi va ichki chempionatimizga bo‘lgan e’tibor yanada yaxshilanishiga, g‘oliblik uchun raqobat kuchayishiga olib keladi. Jamoamiz eng kamida guruhdan keyingi bosqichga chiqib, avvalgi natijani yaxshilashini kutayapman, bunga kuchimiz yetadi.

Jarohatlar haqida

Jarohat olib safdan chiqqan futzalchilar terma jamoamizda o‘z orniga ega kuchli o‘yinchilar hisoblanishadi. Jarohat sportchi bilan doimo yonma-yon yuradi. Barchalariga sog‘lik tilayman. Albatta, ularning yo‘qligi jamoa o‘yiniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Lekin jamoamizda hozirgi vaqtdagi eng kuchli tarkib yig‘ilgan va buni ular, albatta, isbotlashadi, deb o‘ylayman. Jamoamizga omad tilayman, nasib qilsa, tarixiy natijaga erishamiz va yaxshi uchrashuvlar guvohi bo‘lamiz.

Sog‘ligidagi muammolar sabab faoliyatini yakunlagani haqida

Bizning emas, Yaratganning aytgani sodir bo‘ladi. Albatta, bu holat kayfiyatimni tushirdi. Lekin nima bo‘lganda ham, barchasi yaxshilikka xizmat qiladi. Bizga nima yaxshi-yu yomonligini faqat Yaratgan biladi. Hozirgi paytdagi holatim a’lo darajada, kelajakda esa murabbiy bo‘lishi niyatim bor. Nasib qilsa, buni vaqt ko‘rsatadi", – dedi Solihov. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:21, 11.09.2024.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик