Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi 2 yoshli bolani urgani uchun 14 yilga qamaldi

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi 2 yoshli bolani urgani uchun 14 yilga qamaldi

Baho:
+ | -

“Arsenal” klubi akademiyasi bitiruvchisi Kirnan Xyuz-Meyson bolaga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish va shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda BBC.

32 yoshli sobiq futbolchiga hukm Bezildon qirollik sudida (Angliyaning Esseks shahri) chiqarilgan.

2020 yil yanvar oyida Xyuz-Meyson o‘sha paytdagi sevgilisining 2 yoshli qizi uchun tez yordam chaqirdi. Sportchi qizni hushsiz holatda topganini aytgan. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bola olgan jarohatlar tasodifiy bo‘lishi mumkin emas. Shifokorlar uning jarohatlarini yuqori tezlikda urilgan mashina yoki katta balandlikdan yiqilish oqibatida olingan jarohat bilan tenglashtirgan.

Sud jarayonida Xyuz-Meyson do‘stlariga qiz uni bezovta qilayotganidan shikoyat qilib, uni urishni xohlayotgani haqida xabarlar yuborgani aniq bo‘ldi. 

Bola erkakning hujumidan omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, ammo endi u doimiy muolajalarga muhtoj.

Kiritildi: 11:36, 13.09.2024.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.