"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 4-turi doirasidagi "Brentford"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.
"Brentford"ga qarshi oson o‘yinni hech qachon eslay olmayman. Ular Angliya Premyer-ligasiga ko‘tarilganidan beri bunday voqea sodir bo‘lgani yo‘q. Uyimizda ham va mehmonda ham ishlar har doim qiyin bo‘lgan. Ular yaxlit jamoa. Ertangi o‘yin ham navbatdagi qiyin sinov bo‘ladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Brentford" uchrashuvi 14 sentyabr kuni 19:00 da start oladi.