Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

JCH oldidan O‘FA prezidenti O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

JCH oldidan O‘FA prezidenti O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

14-sentyabr kuni mamlakatimizda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov tarixiy mundial oldidan futzal milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi va ushbu turnirning ahamiyati hamda muxlislar tomonidan katta qiziqish va intiqlik bilan kutilayotganini alohida ta’kidladi.

O‘FA rahbari shuningdek, yirik turnir mezbonligi katta mas’uliyat ekani, mamlakatimizda jamoaviy sport turlari ham jadallik bilan rivojlanayotgani hamda mundial oldidan Andijon va Buxoro shaharlarida yangi, zamonaviy talablarga javob bera oladigan sport majmualari barpo etilganini e’tirof etdi.

Bosh murabbiy Xose Venansio Lopesning turnir uchun rejalari tinglandi. Ispaniyalik mutaxassis Mundialning mezbon jamoa murabbiyligi uning uchun ham mas’uliyat, ham faxr ekanligini aytib o‘tdi. O‘z o‘rnida, jamoamizning bir qator yetakchi futzalchilari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Barcha shtab a’zolariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo‘lajak turnirda jamoamizga omad tiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:34, 13.09.2024.
O'qildi: 1650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик