Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Shaxmat, Budapesht-2024. Yigitlarimiz Xorvatiyaga imkon qoldirmadi, qizlarimizdan sensasion g‘alaba

Shaxmat, Budapesht-2024. Yigitlarimiz Xorvatiyaga imkon qoldirmadi, qizlarimizdan sensasion g‘alaba

Baho:
+ | -

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bugun Butunjahon shaxmat olimpiadasining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari g‘alabali yurishni davom ettirishdi.

Yigitlarimiz Xorvatiyaga qarshi keskin bahs olib borishdi. Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev raqibi bilan durangga imzo chekdi. Hisob — 3,5 - 0,5.

Qizlarimiz esa sensasion ravishda reyting bo‘yicha o‘zlaridan ustun hisoblangan mezbon — Vengriya terma jamoasini mag‘lub etishdi. O‘yinlar davomida ustunlik u tomondan bu tomonga o‘tib turdi. Umida Omonova va Afruza Hamdamova raqib xatosidan foydalanib, g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishgan bo‘lsa, Marjona Malikova raqibi bilan tezkor durangga imzo chekdi. Nilufar Yoqubboyeva esa debyutdagi katta ustunlikdan foydalana olmadi hamda yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Yakuniy hisob — 2,5 - 1,5.

Har ikki terma jamoamizning ochkolari 6 taga yetdi va ular peshqadamlar safida borishmoqda. Jamoalarimizning 4-turdagi raqiblari biroz keyinroq aniq bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:44, 13.09.2024.
O'qildi: 3375 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик