Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Aleksandr Xomyakov: «Bizga nimadir yetishmayapti»

Aleksandr Xomyakov: «Bizga nimadir yetishmayapti»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Lokomotiv» (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Hamma ko‘rdi. Bugungi uchrashuvda har tomonlama ishlarimiz yurishmadi. Birinchi taymda yomon va asabiy o‘ynadik. Ikkinchi bo‘lim boshida gol o‘tkazib yuborganimizni ko‘rdinglar. Javob golini urdik. Lekin, afsuski, oxirgi daqiqada yana gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradik. Raqibni tabriklayman.

- «Andijon» beshinchi o‘yindirki mag‘lubiyatga uchrayapti. Bu «Andijon»dek jamoa uchun ko‘p emasmi?

- Biror nima deyishim qiyin. 5 ta mag‘lubiyat. Fikr aytishim og‘ir. Albatta, bu ko‘p. Siz mag‘lubiyat omilini aytib bera olasizmi?

-  Yo‘q.

- Qanday qilib yana kuchli mashg‘ulot o‘tkazish mumkin? Ayta olasizmi? «Lokomotiv» bizdan yaxshi o‘ynadi, deb o‘ylaysizmi?

- G‘alaba qozongan jamoa odatda tahlil qilinmaydi.

- To‘g‘ri aytdingiz, yutgan jamoa hech qachon muhokama qilinmaydi. Yomon o‘ynayapmiz, natijalar o‘xshamayapti. Buni tan olaman. Biz yaxshi natijalarni xohlayapmiz, harakat qilyapmiz. Bizga mahorat yetishmayapti. Qaysidir joylarda aniqlik yetishmayapti.

- Unda qachon natija bo‘ladi?

- Yaxshi savol berdingiz. Bilmayman, qachon natija bo‘lishini. Ammo harakat qilyapmiz. Har bir o‘yinga xuddi oxirgisidek jangovar ruhda chiqyapmiz. Biroq bizga nimadir yetishmayapti.

- Jamoa ichida qandaydir muammolar yo‘qmi?

- Jamoa ichida hammasi joyida. Hech qanaqa muammolar yo‘q. Doim harakatdamiz, mashg‘ulotlarimiz ham yaxshi o‘tyapti. Rejalashtirganlarimiz o‘xshayapti, biroq maydonda boshqa futbol.

- Kecha «Navbahor» bosh murabbiyi Sergey Lushan «Nasaf»ga qarshi o‘yindan keyin faqat 5 oktyabr kuni bo‘ladigan Kubok finalini o‘ylayotganini aytdi. Balki «Andijon»da ham shunday o‘y-xayol bo‘layotgandir...

- Bilasizmi, qanday qilib bunday ajoyib muxlislar bor joyda o‘yinni o‘ylamasdan finalni o‘ylash mumkin? Bizga har bir uchrashuv muhim. Har bir bellashuvda yaxshi natija ko‘rsatish uchun maydonga chiqyapmiz. Bunday mag‘lubiyatlar o‘yinchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har bir o‘yinimizda xuddi Kubok finalidek chiqyapmiz. Ammo hozircha o‘ylaganlarimiz amalga oshmayapti.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 00:35, 16.09.2024.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик