Kataloniyaning «Barselona» klubi ayollar bo‘yicha jahonning amaldagi eng yaxshi futbolchisi Aytana Bonmati bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Avvalroq, «Chelsi» 28 yoshli futbolchi uchun 3 million yevro tovon puli to‘lashga tayyor ekanligi xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Bonmati yangi shartnomaga ko‘ra ayollar o‘rtasida jahonning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi.