Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 1-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Ten Xag: "Antoni asosiy tarkibga loyiq futbolchi ekanligini isbotlashi kerak"

Ten Xag: "Antoni asosiy tarkibga loyiq futbolchi ekanligini isbotlashi kerak"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ustozi Erik Ten Xagning aytishicha, vinger Antoni asosiy tarkibda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishi kerak.

Antoni "MYU" tarixidagi ikkinchi eng qimmat transfer bo‘lib qolmoqda, u ikki yil avval "Ayaks"dan 86 million funtga sotib olingan edi.

Biroq, Antoni joriy mavsumda atigi bir daqiqa o‘ynadi va "Manchester Yunayted"ning Premyer-ligada "Brayton"ga (2:1) qarshi o‘yinining eng oxirida zaxiradan maydonga tushdi.

Seshanba oqshomida "MYU" Liga Kubogining 3-raundida Chempionship vakili "Barnsli"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi, ammo Ten Xag 24 yoshli braziliyalik futbolchining o‘ynashi yoki o‘ynamasligi haqida hech narsa bilmasligini aytdi.

"Antoni o‘ynaydimi? Ertaga ko‘rasizlar, boshlang‘ich tarkibimiz qanday bo‘ladi.

Biz har kuni mashg‘ulot o‘tkazamiz va futbolchilar bu huquqni qo‘lga kiritishlari kerak. Qachonki ular mashg‘ulotlarda yaxshi kayfiyat ko‘rsatib, o‘ynashsa, keyin o‘ynashadi", - dedi Ten Xag Daily Mirror bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:48, 16.09.2024.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик