Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Shaxmat, Budapesht-2024. O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi, qizlar esa durang o‘ynashdi

Shaxmat, Budapesht-2024. O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi, qizlar esa durang o‘ynashdi

Baho:
+ | -

45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroil ustidan qiyin g‘alabaga erishgan bo‘lsa, qizlarimiz kuchli raqib bilan durang o‘ynadi.

Javohir Sindarov qo‘pol xato evaziga yutqazib qo‘ydi va Isroil hisobni ochdi. Shundan so‘ng Nodirbek Yoqubboyev g‘alabaga erishdi va hisobni tenglashtirdi.

Nodirbek Abdusattorov esa raqibini seytnotga kirishga majbur qildi va g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Shundan so‘ng Shamsiddin Vohidov raqib bilan durangga erishdi. Yakuniy hisob — 2,5 - 1,5.

Qizlarimiz esa Niderlandiya bilan durang qayd etishdi. Nodira Nodirjonova raqibini tezkorlik bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Umida Omonova mag‘lubiyatga uchradi. Afruza Hamdamova va Nilufar Yoqubboyeva o‘z partiyalarini durang bilan yakunlashdi.

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z ochkolarini 10 taga yetkazib, kuchli beshlikka kirib oldi. Ayollarimiz esa 15 talikda qolishi kerak.

Musobaqada ertaga dam olish kuni. 7-tur bahslari 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar terma jamoamiz:

O‘ZBEKISTON - Isroil - 2,5 - 1,5.
Nodirbek Abdusattorov - Maksim Rodshteyn - 1:0
Nodirbek Yoqubboyev - Ido Gorshteyn - 1:0
Javohir Sindarov - Tamir Nabatiy - 0:1
Shamsiddin Vohidov - Ilya Smirin - 0,5:0,5

Ayollar terma jamoamiz

O‘ZBEKISTON - Niderlandiya - 2 - 2.
Afruza Hamdamova - Eline Royebers - 0,5 - 0,5
Nilufar Yoqubboyeva - Jaokin Peng - 0,5 - 0,5
Umida Omonova - Machteld van Foreest - 0 - 1
Nodira Nodirjonova - Anna-Maya Kazariyan - 1 - 0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:22, 16.09.2024.
O'qildi: 2123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.