Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Mirjalol Qosimov: «Nasaf» bilan o‘yin biz uchun so‘nggi imkoniyat»

Mirjalol Qosimov: «Nasaf» bilan o‘yin biz uchun so‘nggi imkoniyat»

Baho:
+ | -

Superligada 18-tur yakunlandi. OKMK klubi bu tur o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Haqiqatdan ham juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bunga tayyor edik. Taqvimdagi pauza sababli bahs oson bo‘lmasligini bilgan edik. "Surxon" istalgan jamoa uchun boshog‘riq bo‘ladi. Birinchi bo‘limdagi chetlatishdan so‘ng, yigitlar juda yomon o‘yin ko‘rsatdi. Hozir gol uramiz deb shoshilmay, sekin harakat qilishdi. Xatolar qildik. Bu o‘yinimiz sifatini tushirib yubordi. Ikkinchi taymda tezlikni oshirdik va bu natija berdi. "Surxon"ga omad tilayman.

— «Nasaf»ga qarshi o‘yinga alohida reja bormi?

— Albatta, bu juda muhim o‘yin. Ular bejizga birinchi o‘rinda ketmayapti. Bu 6 ochkolik o‘yin. Biz uchun oxirgi imkoniyat. Yaxshi ishtirok etsak, imkon paydo bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:20, 17.09.2024.
O'qildi: 2012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик