"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Zagrebning "Dinamo"siga (9:2) qarshi o‘yinda darvozabon Manuel Noyerni almashtirishga majbur bo‘ldi.
Noyerning almashtirilishiga jarohat sabab bo‘lgan, biroq Kompanining so‘zlariga ko‘ra, ular shunchaki darvozabonni ayashga qaror qilishgan: "Bu ehtiyot chorasi edi. Biz tavakkal qilishni xohlamadik", - deya belgiyalik murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.