Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shaxmat, Budapesht-2024. Jamoalarimiz chiroyli g‘alabalarga erishishdi

Shaxmat, Budapesht-2024. Jamoalarimiz chiroyli g‘alabalarga erishishdi

Baho:
+ | -

Bir kunlik tanaffusdan so‘ng 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida bahslar davom ettirildi. Bugun 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainaga qarshi to‘qnashuvda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Nodirbek Abdusattorov raqibini juda tez taslim etdi. Shundan so‘ng Javohir Sindarov ham sobiq jahon chempioni Ruslan Ponamaryovni mag‘lub etdi.

Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev o‘z partiyalarida durang qayd etib, yakuniy g‘alabaga hissa qo‘shishdi — 3-1. O‘zbekiston o‘z ochkolarini 12 taga yetkazib, kuchli uchlikka kirib oldi.

Qizlarimiz esa yana bir kuchli raqib ustidan g‘alaba qozonishdi. Bu safar Gresiya taslim etildi. Nodira Nodirjonova va Umida Omonova raqibning xatosidan unumli foydalanib, g‘alabaga erishishdi. Marjona Malikova ham g‘alabaga yaqin edi, ammo ustun vaziyatni g‘alabaga aylantira olmadi. Natijada bu partiyada durang qayd etildi.

Birinchi raqamli shaxmatchimiz Afruza Hamdamova ham durangga yaqin edi. Ammo o‘yin so‘ngida birgina xato tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Yakuniy hisob — 2,5 - 1,5.

Ushbu g‘alabadan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘z ochkolarini 11 taga yetkazib, kuchli o‘nlikdan o‘rin oladi.

Erkaklar terma jamoamiz

O‘ZBEKISTON - UKRAINA - 3 - 1.
Nodirbek Abdusattorov - Andrey Volokitin - 1:0
Nodirbek Yoqubboyev - Vasil Ivanchuk - 0,5 - 0,5
Javohir Sindarov - Ruslan Ponamaryov - 1:0
Shamsiddin Vohidov - Anton Korobov - 0,5 - 0,5

Ayollar terma jamoamiz

O‘ZBEKISTON - GRESIYA  - 2,5:1,5.
Afruza Hamdamova - Stavrula Tsolakidou - 0:1
Umida Omonova - Anastaiya Avramidou - 1:0
Marjona Malikova - Yekaterini Pavlidou - 0,5 - 0:5
Nodira Nodirjonova - Xaritomeni Markantonaki - 1:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:26, 18.09.2024.
O'qildi: 2721 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик