“Inter” vise-sardori Nikolo Barella “Manchester Siti”ga qarshi (0:0) Chempionlar ligasi asosiy turniri 1-tur uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
27 yoshli italiyalik raqib darvozasiga 2 ta zarba yo‘lladi, uning uzatmalari aniqligi 90 foizni tashkil etdi.
2-turda “Siti” 1 oktyabr kuni “Slovan” bilan mehmonda, “Inter” esa “Srvena Zvezda” bilan bahs olib boradi.