Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejalari ko‘rib chiqildi

Yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejalari ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakuni va oldinda kutib turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Saken Polatov va Azizjon Kamilovlar ishtirok etishdi.

Dastavval, Fransiya poytaxti mezbonlik qilgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasining ishtiroki muhokama qilindi.

Unda erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, zarur vazifalar belgilab olindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni sportchi va murabbiylarimiz bilan uchrashuvda yangi Olimpiya sikli uchun belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik, xususan, O‘yinlar dasturi va unga kiritiladigan sport turlarini ko‘rib chiqish kun tartibidan o‘rin oldi va bu bo‘yicha barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda jamoaviy sport turlari va ayollar sportiga yanada ko‘proq ahamiyat qaratish, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilab, tajribali xorijiy murabbiylarni jalb etish, sportchilarning tibbiy ta’minotini kuchaytirish kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:18, 19.09.2024.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.