Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Xose Mariya Ximenes Chempionlar ligasining umumiy bosqich 1-turida “Leypsig” ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.
“Biz himoyadagi xato bilan o‘yinni boshladik. Ularning yaxshi qarshi hujumga qodirligini bilardik va aynan qarshi hujumda gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo jamoa kurashni va ishonishni to‘xtatmadi", - deya Ximenesning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.