«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Kevin De Bryuyne «Arsenal»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APL o‘yinida maydonga tusha oladimi yoki yo‘qligini aytdi.
«Bugun u o‘zini biroz yaxshi his qilmoqda. Ertaga mashg‘ulotlardan so‘ng uning holatiga baho beramiz. U o‘yin tarkibiga kiritilishi mumkin».
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne Chempionlar ligasi doirasida «Inter»ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda.