"Manchester Siti" futbolchisi Jon Stouns Pep Gvardiolaning xarakteri haqida gapirdi.
"G‘ayratli, o‘ta sadoqatli, och, tug‘ma g‘olib", - ingliz o‘z murabbiyini shunday tavsiflaydi. "Futbol o‘zgarmoqda va bizda o‘z g‘oyalari va o‘yinga mutlaqo o‘ziga xos qarashlari bilan dunyoning eng yaxshi murabbiyi bor", - deya Stounsdan iqtibos keltiradi City Xtra.