"Nyukasl" hujumchi Entoni Gordon bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Daily Mirror xabariga ko‘ra, "zag‘izg‘onlar" o‘zlarini Angliya premyer-ligasining top-klublari qiziqishlaridan himoya qilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" Gordonni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor. Rahbariyat futbolchiga rivojlanish uchun motivasiya bermoqchi.