"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Shanba kuni neapolliklar “Yuventus” bilan durang o‘ynadi (0:0). Ayni damda Konte jamoasi o‘n ochko bilan A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Maqsad “Napoli”ni yana yuqori pog‘onaga olib chiqishdir.
Jamoani qayta qurish davom etmoqda - biz yetti nafar yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzoladik, 14 nafarini yo‘qotdik.
Bizning vazifamiz - "Napoli"ni imkon qadar tezroq klub munosib bo‘lgan joyga qaytarish", - deya Kontening o‘yindan keyingi fikrlarini keltirdi jurnalist Nikolo Skira.