Kirish Ro'yxatdan o'tish

Froynd: "Ular bilan ijobiy muzokaralar olib bormoqdamiz"

Froynd: "Ular bilan ijobiy muzokaralar olib bormoqdamiz"

Baho:
+ | -

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Tomas Myuller va Manuel Noyerning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Har ikki faxriyning myunxenliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

"Biz Manu va Tomas haqida ko‘p gapirishimiz shart emas. Ular bilan ijobiy muzokaralar olib bormoqdamiz.

Hozir ular yaxshi formada, mavsumni yaxshi boshlashdi, biz bilan birga ekanliklaridan xursandmiz.

Kelgusi oylar va haftalarda ularning rejalarini xotirjamlik bilan muhokama qilamiz. Biz ularning nimaga qodirligini bilamiz va ular "Bavariya"da nima borligini bilishadi", - deya Froyndning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Kiritildi: 08:06, 23.09.2024.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик