Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Prevyu. “Navbahor” - “So‘g‘diyona”

Prevyu. “Navbahor” - “So‘g‘diyona”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 57 marta uchrashishgan.

Ushbu o‘yinlarning 27 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 22 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 95-65, “Navbahor” foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 89 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 74 ochko mavjud.

“Navbahor” – “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.

Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.
E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.
2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.
Namanganda bo‘lib o‘tgan 28 uchrashuvning 21 tasida “lochinlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan, 5 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.

“Navbahor”ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 63-17, namanganliklar foydasiga.

Mazkur jamoalarning 1-davrada Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsida jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgandi. Mezbonlarning goliga Lupcho Doriyev (79-pen.), "lochinlar"ning gollariga esa Toma Tabatadze (22-pen.) va Jamshid Iskanderov (51-daq.)lar mualliflik qilishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini 26 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.

Kiritildi: 17:48, 24.09.2024.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.