Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

Alisha tenglik tarafdorimi yoki...?

Alisha tenglik tarafdorimi yoki...?

Baho:
+ | -2

Jahonning eng go‘zal ayol futbolchisi va Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisasi sifatida tanilgan Alisha Leman birinchi raqamli sport turidagi bitta holatdan norozi.

«Biz bir xil ish bilan bandmiz, lekin erkaklarga nisbatan 100 baravar kam maosh olamiz negadir», - dedi «Yuventus» ayollar jamoasining shveysariyalik hurliqo hujumchisi. Qiziq, Alisha Leman ayollar futbolidagi maosh miqdori ozligidan norozimi yoki erkaklar ko‘p olishayotganidan?

Ma’lumot uchun, Alisha Lemanning turmush o‘rtog‘i ham «Yuventus»da o‘ynaydi. Gap joriy mavsum avvalida Turin klubiga «Aston Villa»dan o‘tgan braziliyalik yarim himoyachi Duglas Luis haqida ketmoqda. Darvoqe, Alisha ham avvalgi mavsum aynan «Aston Villa»da o‘ynagandi. «Mashg‘ulotlardan so‘ng odatda Duglasga ayollar va erkaklar futbolidagi maosh o‘rtasida katta farq borligi shunchaki, adolatsizlik ekanligi haqida ko‘p gapiraman. Axir biz bir xil ishni bajaramiz, ammo turmush o‘rtog‘im mendan naq 100 baravar ko‘p maosh oladi. Bunday notenglik meni chindan ham, tashvishga soladi. Har holda, ayolman. Jamoadoshlarim bilan Italiya ayollar futbolini rivojlantirish barobarida nozik jins vakillarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishimiz kerak. Bu esa vaqt oladigan jarayon», - deya Leman xonim so‘zlarini keltirdi RMC Sport.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 24.09.2024.
O'qildi: 2220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.