Himoyachi Rafael Varan tizzasidan olgan jarohati sabab 31 yoshida futbolni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘tgan yozda fransiyalik futbolchi "Komo"ga ko‘chib o‘tgan, biroq A Seriya klubida faqat bitta o‘yin o‘tkazgan.
"Maydondan tashqarida yangi hayot boshlanadi. Men "Komo"da qolaman. Tez orada bu haqda ko‘proq ma’lumot berishni intiqlik bilan kutaman", — deb yozdi Varan.
"Komo" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.