"Manchester Yunayted" matbuot xizmati jamoaning sobiq himoyachisi Rafael Varanga rahmat aytdi, u futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
"Rafayel, siz bir necha mavsum davomida klubimiz ranglarini mukammal himoya qildingiz. Fidoyiligingiz uchun tashakkur. Qizil bo‘lganingizdan so‘ng, siz abadiy shunday qolasiz. Hurmat bilan, “Manchester Yunayted”, — deyiladi ingliz top-klubi postida.
Fransiyalik futbolchi 2021 yildan 2024 yilgacha “qizil iblislar” safini himoya qilgan.