O‘tgan yozda "Kristal Pelas" futbolchisi Maykl Olise "Bavariya"ga o‘tdi.
Qayd etilishicha, futbolchining taqdiri butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. "Ayntraxt" sport direktori Markus Kryoshe yarim himoyachiga "Reding"da o‘ynab yurgan paytlaridayoq qiziqib qolganini tan oldi.
“Uch yil oldin biz u bilan qiziqqandik. O‘sha paytda u "Riding"ni tark etishi mumkin edi. Ular bizdan sakkiz yoki to‘qqiz million yevro talab qilishdi, lekin bizda o‘shanda bunday pul yo‘q edi", - deya Kryoshedan iqtibos keltiradi Sky90.
Chempionatning to‘rtta uchrashuvida Maykl uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.