"Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu hujumchi Son Xyon Minni almashtirilganini tushuntirdi.
"Shporlar" sardori Yevropa ligasi doirasida "Qorabog‘"ga qarshi o‘yinning 71-daqiqasida jarohat olganligi sababli almashtirildi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida OAV vakillari londonliklar ustozidan koreyalik forvardning muammosi haqida so‘rashdi:
"U biroz charchaganini aytdi. Ammo men u bilan ham, tibbiyot xodimlari bilan ham hali gaplashmadim", - deya Postekogluning javobidan iqtibos keltiradi jurnalist Alasdair Gold.