Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 1-0 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev jangi haqida

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev jangi haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonida 12 oktyabr kuni yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Artur Beterbiyev (WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi) va Dmitriy Bivol (WBA kamari sohibi) jang qiladi.

Beterbiyev va Bivol 1 iyun kuni to‘qnash kelishi lozim edi, biroq Artur jarohat olgani bois, jang qoldirilgandi. Natijada, Bivol Malik Zinadga qarshi jang qilib, uni 6-raundda nokautga uchratdi.

Bivol 23 ta jangining 23 tasida g‘alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan). Beterbiyev ham 20 ta jangining barchasida zafar quchgan.

Ar-Riyodning Kingdom Arena stadioni ushbu jangga mezbonlik qiladi. Avvalroq ushbu stadionda Fyuri—Ngannu, Fyuri—Usik janglari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder ham ushbu arenada jang qilgan.

Hozircha ushbu jangni O‘zbekistonda rasmiy translyasiyasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. ESPN+ hamda DAZN platformasida ushbu jangni tomosha qilish mumkin.

12 oktyabr kungi oqshomda jang qiluvchi juftliklar bilan tanishing:

— Artur Beterbiyev (20-0, 20 KO), Rossiya — Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO), Rossiya
— Shakur Stivenson (22-0, 10 KO), AQSH – Jo Kordina (17-1, 9 KO), Britaniya
— Kris Yubenk (33-3, 24 KO), Britaniya – Kamil Sheremeta (25-2-2, 8 KO), Polsha
— Fabio Uordli (17-0-1, 16 KO), Britaniya – Freyzer Klark (8-0-1, 6 KO), Britaniya
— Jey Opetayya (25-0, 19 KO), Avstraliya – Jek Massi (22-2, 12 KO), Britaniya
— Ben Uittaker (8-0, 5 KO), Britaniya – Liam Kemeron (23-6, 10 KO), Britaniya
— Skay Nikolson (11-0, 1 KO), Avstraliya – Reyven Chapmen (9-0, 2 KO), Britaniya
— Muhammad Al-Oqil (0-0, 0 KO), Saudiya Arabistoni – Xesus Gonsales (3-2, 0 KO), Kolumbiya.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:34, 27.09.2024.
O'qildi: 1265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.