Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati qishda jamoaga yangi kuchlar jalb qilmoqchi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta navbatdagi transfer oynasida yangi hujumchi sotib olish bo‘yicha allaqachon ishlarni boshlab yuborgan.
Hozirda jamoa La Ligada ketma-ket 7 o‘yinda g‘alaba qozonib, yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.