Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Nikolas Gonsales: «Men jamoaga yordam berish uchun «Yuventus»ga o‘tdim»

Nikolas Gonsales: «Men jamoaga yordam berish uchun «Yuventus»ga o‘tdim»

Baho:
+ | -

«Fiorentina»da ancha salmoqli faoliyat olib borgan argentinalik hujumkor yarim himoyachi Niko Gonsales joriy mavsumdan Turinga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor.

«Yuventus» safida «A» Seriyada hali ishlari yurishmayotgan bo‘lsa-da, Yevropa Chempionlar Ligasida debyut golini urishga ulgurdi («Yuventus» - PSV - 3:1). Yaqinda uning «keksa sinyora» futbolchisi bo‘lgani munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani tashkil etildi.

- Ilk golingizdan ke­yingi his-tuyg‘ular qanday?

- Men baxtliman. Men bu libosda gol urishni orzu qilardim. Bundan tashqari, o‘yinda g‘alaba qozonish uchun to‘g‘ri vaqt bo‘ldi. Men juda xursandman.

- Tyago Motta sizdan nimani xohlamoqda?

- Biz nima qilishni bilamiz: erkin o‘ynash, mas’uliyatni o‘z zimmamizga olish. Bu to‘g‘ri natijaga olib keladi va shuning uchun biz g‘alaba qozondik. Biz mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishni xohlaymiz. Murabbiy ham bizdan aynan shu narsani so‘raydi.

- Mashg‘ulotlarda markaziy hujumchi rolini ham sinab ko‘ryapsizmi?

- Ish har kuni amalga oshiriladi. Kimdir o‘ng, kimdir chap tomonda, yana kimdir markazda o‘ynaydi. Bizda ajoyib o‘yinchilar bor. Biz har kuni qattiq ishlayapmiz - bu jamoamizning g‘oyasidir.

- Maydonning qaysi pozisiyasida o‘zingizni qulay his qilasiz? Va kumiringiz kim?

- U Di Mariya. Men uchun u maydonda ham, uning tashqarisida ham namunadir. U bilan terma jamoada tanishdim va ilk kundanoq men bilan oddiy, samimiy yigit kabi muomalada bo‘ldi, garchi o‘zini takabbur tutishi mumkin edi. Pozisiyaga kelsak, men shunchaki maydonga tushganimdan xursandman. Agar kerak bo‘lsa, darvozada o‘ynashga ham tayyorman, hech qanday muammo bo‘lmaydi.

- Di Mariya bilan «Yuventus»ni muhokama qildingizmi?

- O‘sha paytda men hech kim bilan gaplashmadim, bor e’tibor Amerika Kubogiga qaratilgandi. Ta’tilga chiqqachgina transfer haqida o‘ylay boshladim. Eshiting, agar sizga «Yuve»dan qo‘ng‘iroq bo‘lsa, o‘ylab o‘tirishga hojati yo‘q, darhol «ha» deb ayting!

- Vlaxovichni bu jamoada qanday holatda ko‘rdingiz?

- Ha, uni yaxshi bilaman, taniyman va u haqiqatdan ham kuchayibdi. Birinchi o‘yindayoq bunga mutlaq amin bo‘ldim. Ha, u startdagi uch o‘yindagi kabi gol urmayapti, lekin u har doim ijobiy va jamoa uchun ishlaydi. U eng yaxshisiga loyiq ajoyib yigit. Agar gol urishiga ko‘maklashsam, xursand bo‘laman. U har doim muloqotda juda ochiq.

- Vlaxovich mavsumda 30ta gol urishi uchun barcha gollaringizni berishga tayyormisiz?

- Fikr aniq: biz jamoa uchun ishlaymiz. Gol urishim yoki assistentlik qilishim muhim emas, balki jamoa uchun eng yaxshisini bajarish muhimdir. Ijobiy natijalarga erishish uchun shu yo‘ldan borish kerak. Hammasi shu.

- Mavsumda gol urish bo‘­yicha o‘z rekordingizni yangilashni istaysizmi?

- Albatta, ko‘proq gol urishni xohlardim, lekin xotirjamman. Men jamoaga yordam berish uchun «Yuventus»ga o‘tdim. Men pozitiv kayfiyatdaman. Asosiy tarkibda o‘ynaymanmi yoki yo‘q, muhim emas, jamoadoshlarimga yordam bersam bas.

- Skudetto uchun kurashishga tayyormisiz? Bu o‘yinlarning barchasi haqida nima deya olaysiz?

- Biz - «Yuventus», ertangi kun nima bo‘lishi haqida o‘ylashga haqqimiz yo‘q. Faqat eng yaqin o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Keyinchalik diqqatni jamlash uchun nima bo‘lishi haqida o‘ylashni xohlamayman. Taqvim haqida so‘ramoqchi bo‘lsangiz, menimcha, bizda hamma narsa ajoyib. Jamoada futbol o‘ynashni istagan o‘yinchilar birlashgan. Ko‘p sonli o‘yinlar jamoa uchun yaxshi. Murabbiy yaxshi ovqatlanish, dam olish va uxlashimizni so‘raydi. Uchta aniq maqsad.

- Ko‘nikish davri qanday o‘tmoqda?

- Men baxtliman, chunki yaxshi yigitlardan iborat ajoyib jamoaga keldim. Ular menga birinchi kundanoq o‘zimni jamoaning bir qismi kabi his qilishimga yordam berishdi. Buning uchun hammalariga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- «Yuve» va Tyago Mottada sizni nima hayratda qoldirdi?

- Klub menda katta taassurot qoldirdi. Men «Yuve» qanday ishlashini bilaman, bu haqda Paredes, Di Mariya, Dibala va Saule bilan gaplashdim. Ular menga jamoaviy tashkilot haqida gapirib berishdi. Birinchi kundan boshlab o‘zimni uydagidek his qilimga katta yordam bergan Fabris (Motta shtabidagi murabbiy Matteo Fabris)ga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tyago Mottakega kelsak, u aql bovar qilmas darajada ideal. Bu menga o‘ynash uchun zarur bo‘lgan erkinlikni bermoqda. U ajoyib inson.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 29.09.2024.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.