Darvozabon Voysex Shesni yaqin vaqt ichida "Barselona" bilan shartnoma imzolashi kerak.
Mark-Andre ter Shtegen jiddiy jarohat olgani uchun kataloniyaliklar polshalik futbolchiga murojaat qilishdi.
"Men jamoada bo‘lmagan futbolchilar haqida gapirmayapman. Endi u bizning ro‘yxatimizda yo‘q. Hech bir futbolchimizga tarkibdan doimiy joy kafolatlanmagan.
Men Shesni bilan gaplashdim, lekin sizga boshqa hech narsa aytmayman. U yaqin kunlarda shartnoma imzolaydi. Bu haqda hozir emas, shanba kuni gaplashamiz", dedi Flik matbuot anjumanida.