Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Andijon» bosh direktori: «Bunday imkoniyat doim ham bo‘lavermaydi. Jamoamizga to‘liq ishonaman»

«Andijon» bosh direktori: «Bunday imkoniyat doim ham bo‘lavermaydi. Jamoamizga to‘liq ishonaman»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi ayni paytda O‘zbekiston Kubogi finali uchun munosib tayyorgarlik ko‘rmoqda. Barcha e’tibor tarixiy uchrashuvga qaratilgan.

Bo‘lajak muhim o‘yin oldidan «Andijon» jamoasi bosh direktori Elbek Samatov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Futbol muxlislarini, Andijon xalqini jamoamizni finalgacha yetib borgani bilan tabriklayman. Finalga yo‘l olganimiz o‘zi bir katta bayram. Sababi, ilk bor bu yergacha yetib keldik. Hal qiluvchi uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, yangi tarixni albatta yaratishga harakat qilamiz. To‘g‘risi, bunday imkoniyat doim ham bo‘lavermaydi. Shu bois bu imkoniyatdan albatta unumli foydalanamiz. Futbolchilarga to‘liq ishonaman. «Navbahor»ni chempionatda yutdik. 4 karra Kubok sohibi bo‘lgan «Nasaf»ni musobaqadan chiqarib yubordik. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q.

Kubok finali bitta o‘yindan iborat va bunda favorit yo‘q. Jamoalarning imkoniyati teng. Jamoamizga to‘liq ishonaman. Boshqa klublardan kam joyimiz yo‘q. Hozirgi paytda hamma futbol o‘ynashni yaxshi biladi. Jamoamizning kayfiyati a’lo darajada. Biz finaldamiz va hech qanday bosim yo‘q. O‘zimiz va muxlislar uchun o‘ynaymiz.

Bundan tashqari, eng yaxshi muxlislar bizda. Ular 12-o‘yinchimiz. Shu bois finalda g‘alaba qozonishimizga albatta ishonaman.

Hozirgi paytda chipta sotuvi bo‘yicha tinimsiz savollar bo‘lyapti. Bu borada rasmiy ma’lumotlar klubimiz matbuot xizmati tomonidan berib borilyapti. 1 oktyabrdan «Andijon»ga ajratilgan 11 ta sektor uchun 6500 ta chiptalar Andijonda sotilishni boshlaydi. «Bobur arena» stadionimizning rasmiy kassalarida sotiladi. Shuni alohida aytishim kerakki, chiptalarni umuman klubga daxli yo‘q. Barchasi PFL tomonidan nazorat qilinyapti. Chiptalarni ham ularning mutaxassislari kelib bevosita o‘zlari sotuvda qatnashadilar”, - deydi Samatov.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 21:55, 30.09.2024.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик