Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Beshiktosh»ni jarlikdan olib chiqqan Hasan

«Beshiktosh»ni jarlikdan olib chiqqan Hasan

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasidagi mavsum startida «Beshiktosh» eng yorqin va samarali o‘yinni namoyish etmoqda.

Jamoa Turkiya Superkubogi uchun kechgan bahsda «Galatasaroy»ni 5:0 hisobida mahv etdi, «Lugano»dan ustun kelish (3:3, 5:1) evaziga YELning guruh bosqichiga chiqdi. Ichki chempionatda esa, o‘z darvozasidan 4ta gol o‘tkazib, 11ta gol urgan holda turnir jadvalining kuchli  uchligini yopib turibdi.

Yangi bosh murabbiy Jovanni van Bronkxorst rahbarligida Chiro Immobile (8ta gol), Rafa Silva (4+3) va Jedson Fernandesh (5+1) kabi o‘yinchilar sermahsul o‘yin ko‘rsatishmoqda. 6-turdan keyin «Beshiktosh» futbolchilarning o‘rtacha reytingi bo‘yicha (6,93) Superligada yetakchilik qilmoqda. Mavsum yaqinda boshlanganiga qaramasdan, sermahsul va sermazmun to‘p surayotgan «Beshiktosh» chempionlikka erishsa va YELda uzoqqa borsa, ajablanmaymiz. Yarim yil avval buni tasavvur qilish qiyin edi. Chunki u paytda Hasan Arat klub prezidenti emasdi.

«Beshiktosh» tarixidagi tub burilish

2023 yil noyabrida «Beshiktosh» YEKLda «Bryugge»dan 0:5 hisobida yengilib, guruhdan chiqish imkoniyatini boy bergandi. Ichki chempionatda esa 13-turdan keyin «Galatasaroy» va «Fenerbaxche»dan 9 ochkoga ortda qolib ketgan va atigi bir necha oy ichida 3 marta murabbiy almashtirgandi. Oqibatda, «Bryugge»dan qabul qilingan sharmandali mag‘lubiyatdan keyin muxlislar klub prezidenti Axmet Nur Chebidan iste’foga chiqishni talab qilishdi. 3 dekabrda bo‘lib o‘tgan nav­batdan tashqari saylovda prezidentlik lavozimini Hasan Arat egalladi.

Mavsumning ikkinchi yarmini «Beshiktosh» o‘ta omadsiz o‘tkazdi: derbida «Fenerbaxche»dan 2 marta, «Galatasaroy»dan yana bir marta va «Pendikspor»dan yirik (0:4) hisobda yengilib, marraga 6-pog‘onada yetib keldi. Lekin tiklanish jarayoni aynan 3 dekabr sanasida Aratning tashrifi bilan boshlandi.

«Beshiktosh»ga yarim  yilda 2ta sovrinni olib bergan Hasan Arat kim o‘zi?

Hasan Arat hozir 64 yoshda, o‘zi adanalik, Istanbul universitetining biznes-bosh­qaruv fakultetida tahsil olgan. Yoshlik davrida Arat professional basketbolchi bo‘lgan va faoliyatini «Adana Demirspor» klubida boshlagan. 1977-1981 yillarda «Beshiktosh» sharafini himoya qilib, 28 yoshda biznes bilan shug‘ullana boshlagan. 90-yillarda Hasan Arat ikki marta «Yil biznesmeni» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Basketboldagi faoliyatidan keyin Arat turli tashkilotlarda ishladi. Jumladan, ko‘chmas mulk savdosiga ixtisoslashgan Novo Invest kompaniyasida direktorlar Kengashining raisi lavozimiga ko‘tarildi va tez orada London va Istanbulda o‘z shtab-kvartiralari bo‘lgan Dome Group firmasiga asos soldi. Sport menejmenti sohasida Arat 2020 yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga rahbarlik qilgan.

Aratning asosiy prinsipi - xolisona munosabat. Klub prezidenti lavozimini egallagan Hasan Arat muxlislar bilan uchrashish va ularning taklif, talab-istaklari bilan tanisha boshladi. Bundan tashqari, klub rahbariyatidagi o‘zgarishlar moliyaviy masalalarga oydinlik kiritishni talab etdi. O‘tgan mavsumda «Beshiktosh» oxirgi ikki murabbiy - Fernandu Santush va Riza Chalimboyga qachon va qancha jarima to‘lagani haqida bayonotni e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, moliyaviy faoliyatni ro‘y-rost oshkor etish ham aynan yangi prezidentning tashabbusi ekan.

Yangi prezident davridagi ilk sovrin

O‘ta omadsiz o‘tgan 2023|24 yillar mavsumining so‘nggi rasmiy uchrashuvi bo‘lgan Turkiya Kubogi bahsida «Trabzonspor»ni mahv etish «Beshiktosh» uchun muhim ahamiyatga ega edi: Superligada 5-o‘rinni egallagan «Qosimposho» YELning saralash bosqichi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygandi. Biroq Arat yangi jamoasining muxlislariga kubokni qo‘lga kiritishni va’da qilgandi. Darhaqiqat, «Beshiktosh» Istanbuldagi «Olimpiyat» stadionida ustozini uyaltirib qo‘ymadi.

Turkiya Kubogi finalidagi g‘alaba evaziga YEL saralash bosqichiga chiqqan «Beshiktosh» avgust oyida Turkiya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi. Qizig‘i shundaki, jamoa yangi ustoziga hadya etilgan nufuzli sovrinni «Galatasaroy» darvozasiga urilgan 5ta javobsiz gol evaziga tortib oldi.

Hasan Aratning genial transfer kampaniyasi  va boshqa  tashabbuskorliklari

Yozda «Beshiktosh» turk klublari orasida eng manfaatli va mantiqiy transfer kampaniyasini o‘tkazdi. Qisqasi, jamoa o‘z safini 9 nafar o‘yinchi bilan kuchaytirib oldi:

• al Musrati (ijara muddatidan keyingi «Braga»dan xarid, bahosi 11 mln. yevro);

• Amirxon Topchu («Rizespor»dan 3,4 mln. yevroga);

• Jan Kelesh («Fotih Qorag­yumryuk»dan 2,75 mln. yevroga);

• Chiro Immobile («Lasio»dan 2 mln. yevroga);

• Feliks Uduoxay («Augsburg»dan ijaraga, 0,5 yevro);

• Rafa Silva («Benfika»dan tekinga);

• Gabriel Paulista («Atletiko»dan tekinga);

• Joau Mariu («Benfika»dan 3 mln. yevroga);

• Sher Ndur («PSJ»dan ijaraga).

Yuqorida zikr etilgan futbolchilarning barchasi yangi jamoadagi debyutini nishonlashga ulgurdi. Shubha yo‘qki, ular jamoaning o‘yin saviyasini oshirishga qodirlar. Yaqinda klub vise-prezidenti Huseyn Yujel amalga oshirilgan xaridlar aynan bosh murabbiy Jovanni van Bronkxorst orzu qilgan o‘yinchilar ekanligini tan oldi. Xullas, klub niderlandiyalik murabbiy talabini 100 foizga qondirdi.

Van Bronkxorstning tayinlanishida ham Hasan Arat bosh rolni o‘ynadi. «Beshiktosh»ning avvalgi mutasaddilari ham niderlandiyalik murabbiyni olib kelishga urinib ko‘rishgan, lekin ko‘ndira olmagan va Fernandu Santushni olib kelgandilar.

Hasan Arat esa murabbiylardan tashqari, boshqaruv tizimidagi kadrlar almashuvini ham muvaffaqiyatli ado etdi. Bundan tashqari, yangi rahbar klub uchun manfaatli bir qator ishlarni amalga oshirdi:

• Chiro Immobile, Rafa Silva va boshqa futbolchilar transferlari;

• Jismoniy shaxslarga sotib yuborilgan ko‘chmas mulklar ob’ektlarini klubga qaytarishni;

• «Beshiktosh Park» stadio­ni rekonstruksiyasini;

• Mashg‘ulot bazasidagi ta’mirlash ishlarini.

Aratning navbatdagi orzusi: «Beshiktosh Park»da «qora devor» bunyod etish. Dortmunddagi «Vestfallenshtadion»da tashkil etilgan «Sariq devor» (darvoza ortidagi tik turiladigan tribuna) arenaning ko‘rki hisoblanadi. Sport vazirligidan stadion darvozalari ortida tik turiladigan tribuna qurishga ruxsat so‘raganimizda, ruxsat berishdi. Lekin UYEFA buni taqiqlagan. Unda nima uchun «Dortmund» va «Bavariya» qonunni buzdi? Bu masalani muhokama qilgach, vazirlik ruxsat bergan taqdirda, «qora devor»ni qurish mumkinligini tushundik».

Hasan Aratning muvaffaqiyati - ikir-chikirlarga e’tiborli bo‘lgani va klubni sevishida.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:00, 01.10.2024.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.