Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/04 00:00 Selta 1-1 Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton 1-0 Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal 2-1 Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest 1-0 Man. Yunayted
02/04 19:30 Paxtakor - Mash’al
02/04 23:45 Brayton - Aston Villa
02/04 23:45 Sautgempton - Kristal Pelas
02/04 23:45 Manchester Siti - Lester
02/04 23:45 Nyukasl - Brentford
02/04 23:45 Bornmut - Ipsvich
03/04 00:00 Liverpul - Everton
04/04 00:00 Chelsi - Tottenhem

O‘zbekiston kubogi finalini boshqaradigan saudiyalik hakam haqida nimalarni bilasiz?

O‘zbekiston kubogi finalini boshqaradigan saudiyalik hakam haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Ma’lumki, bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finaliga har qachongidan qiziqish o‘ta yuqori darajada. Barcha kutayotgan «Navbahor» hamda «Andijon» o‘rtasidagi o‘yinni esa xorijlik hakamlar boshqarishidan xabaringiz bor. Saudiya Arabistonilik Xolid Solih al-Turais haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

U 1987 yilning 30 aprel sanasida tavallud topgan. Hakamlik faoliyatini 2008 yildan boshlagan. 2016 yildan esa FIFA referisiga aylangan. Bu yilgi mavsumda u shu kungacha 16 ta turli darajadagi uchrashuvlarni boshqargan. Saudiyalik hakam o‘zi boshqargan o‘yinlarda futbolchilarga jami 60 ta sariq kartochka ko‘rsatgan va 4 marta maydondan chetlatgan. Shuningdek, 6 ta bahsda penalti belgilagan.

E’tiborlisi, Xolid Solih al-Turais o‘zi bosh hakamlik qilgan barcha bellashuvlarda kamida bitta bo‘lsa ham sariq kartochkasini ko‘rsatgan. Ko‘rinib turibdiki, u maydonda juda qattiqqo‘l va tartib-intizomni birinchi o‘ringa qo‘yadi.

22 avgust kuni Saudiya Arabistoni pro ligasi doirasida «Al Nassr»ning «Al Rayed»ga qarshi uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan. Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu al-Turaisning belgilagan penaltisidan keyin gol urgan. Shuningdek, o‘sha bahsda bosh hakam Ronalduning golini VAR orqali bekor ham qilgan.

Ma’lumot uchun, al-Turais 2023 yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston hamda Tailand o‘rtasidagi uchrashuvda AVAR hakami bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi finallarining ikkitasida ham xorijlik hakamlar ishlashgan. 2014 yili «Bunyodkor» – «Lokomotiv» (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvni koreyalik Kim Dong Jin boshqargan bo‘lsa, 2017 yilda ham yana «Bunyodkor» va «Lokomotiv» (0:1) to‘qnashuvida Muhammad Abdulla Hasan referilik qilgan. 

Xolid Solih al-Turaisning joriy mavsumdagi boshqargan barcha o‘yinlari

20 fevral. OCHL. 2003-2004. 1/8 final.
«Poxan Stilers» (J.Koreya) – «Chonbuk Motoros» (J.Koreya) – 1:1.
3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

15 mart. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Tai» – «Al Ittifoq» – 1:1.
5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

12 mart. JCH-2026. 2-saralash bosqichi.
Janubiy Koreya – Tailand – 1:1.
1 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

3 aprel. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al-SHabab» – «Al Riyod» – 1:0.
2 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

20 aprel. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Uxud» – «Damas FK» - 1:2
4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

4 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Tai» – «Al Xalej» – 0:0
3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

17 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi
«Al Ittifoq» – «Al Uxud» – 1:1
2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

23 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi
«Al Riyod» – «Al Nassr» – 2:2
3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

27 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi
«Al Tai» – «Al Uxud» – 0:2
6 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

11 iyun. JCH-2026. 2-saralash bosqichi.
Avstaraliya – Falastin – 5:0
4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

22 avgust. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Nassr» – «Al Rayed» – 1:1
8 ta sariq kartochka ko‘rsatgan

28 avgust. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Ittifoq» – «Al Uxud» – 1:0
1 ta sariq kartochka ko‘rsatgan

5-sentyabr. JCH-2026. 3-saralash bosqichi.
Iroq – Oman – 1:0
2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka

13-sentyabr. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Tavuun» – «Al Xalej» – 2:0
8 ta sariq kartochka ko‘rsatgan

17-sentyabr. OCHL Elit 2004\2005.
«Shandong Tayshan» – «Sentral Kost Mariners» – 3:1.
5 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

27-sentyabr. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.
«Al Qodisiya» – «Al Axli» – 1:0
3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 19:32, 01.10.2024.
O'qildi: 2088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz