«Liverpul» va Dortmundning «Borussiya» klublarining sobiq ustozi Yurgen Klopp Germaniya Federativ Respublikasining «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Unga mukofotni Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirdi. Murabbiy bilan birgalikda «demokratiya qadriyatlariga katta hissa qo‘shgan» yana 27 kishi orden oldi.
57 yoshli Klopp o‘tgan mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etgandi. U 2015 yildan buyon jamoani boshqarib, ular bilan 8 ta sovrin yutgan.