Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

O‘zbekiston kubogi finali uchun prevyu

O‘zbekiston kubogi finali uchun prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan bahsda «Navbahor» va «Andijon» jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishadi.

Xabaringiz bor, mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan «Navbahor» billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 hamda 1998 yillarda qo‘lga kiritgan, 1993 va 2022 yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda «Paxtakor» (0:3, 1993 yili) hamda «Nasaf» (1:2, 2022 yil) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.
«Andijon» esa o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogi finaliga yetib keldi.
«Navbahor» va «Andijon» jamoalari O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda o‘zaro 8 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 6 tasida «Navbahor» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta bahsda andijonliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham «Navbahor» tarafida – 15 - 7.

Qizig‘i, mazkur jamoalar joriy mavsumda O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida ham o‘zaro bellashishgan, Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar Toma Tabatadze (20-pen.) va Yovan Jokich (60)larning gollariga evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Andijonliklarning yagona goliga esa Armin Boshnyak (88) mualliflik qilgandi.

Ushbu jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:
1992 yil. 1/4 final
«Navro‘z» – «Navbahor» – 0:1
«Navbahor» – «Navro‘z» – 3:1
1993 yil. 1/4 final
«Navbahor» – «Navro‘z» – 4:2
«Navro‘z» – «Navbahor» – 1:0
2002/2003 yillar. Guruh bosqichi
«Andijon» – «Navbahor» – 1:4
2018 yil. 1/16 final
«Andijon» – «Navbahor» – 1:0
2023 yil. Guruh bosqichi
«Navbahor» – «Andijon» – 1:0
2024 yil. Guruh bosqichi
«Navbahor» – «Andijon» – 2:1.

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» – «Andijon» uchrashuvi 5 oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida soat 17:00 da start oladi.

Kiritildi: 12:38, 03.10.2024.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик