Hujumchi Kilian Mbappe oktyabr oyidagi Fransiya terma jamoasi futbolchilari chaqirilgan ro‘yxatda bo‘lmaydi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, Didye Desham futbolchi va "Real Madrid" bilan kelishilgan holda Mbappeni chaqirmaydi. "Uch ranglilar" sardori Madridda qoladi va o‘z formasiga qaytishga harakat qiladi.
Xabaringiz bor, Mbappe yaqinda "Alaves"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Futbolchi "Atletiko"ga qarshi derbini o‘tkazib yubordi, ammo Chempionlar ligasida "Lill"ga qarshi o‘ynay oldi (Kilian 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi). Ochig‘i, Mbappe hali yuz foiz tayyor emas. Fransiya terma jamoasi oktyabr oyida Millatlar ligasi doirasida Isroil va Belgiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.