Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Sergey Lushchan: “Finalda kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonishi mumkin”

Sergey Lushchan: “Finalda kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonishi mumkin”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi finali doirasidagi “Navbahor”— “Andijon” uchrashuvi oldidan Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida matbuot anjumani o‘tkazildi. Namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan final haqida fikrlarini bildirdi.

“Ikki tomon ham finalda g‘alaba qozonishni istaydi. Finalga puxta tayyorgarlik ko‘ra oldik. Bu klubga kelganimdan buyon e’tibor faqatgina kubok bahslariga qaratilgandi. Katta hajmdagi ishni bajardik, bunga chidagan futbolchilarga rahmat deyman. Ko‘rib turibsiz, finaldamiz. Finallar odatda topishmoqdek bo‘ladi. Kubokni ko‘tarish har bir futbolchining orzusi. Nima bo‘lishi esa faqat Xudoga ayon”, deydi Sergey Lushchan.

Bosh murabbiy so‘nggi o‘yindagi mag‘lubiyat va tayyorgarlik haqidagi savolga javob berdi.

“Siz Superliga bahsi haqida gapirdingiz. Bu finaldan avvalgi mashg‘ulot emasdi. “So‘g‘diyona” bilan o‘yinda bizda boshqa reja bor edi. Hozir esa bizning barcha e’tiborimiz finalga qaratilgan. Safimizda tajribali futbolchilar bor va ular O‘zbekistondagi eng yaxshilardan biri deb ayta olaman. Jamoadagi muhit – final oldidan bo‘lishi kerak bo‘lgan muhit. Barcha maydonda o‘z vazifasini bajarishi shart. O‘yinga tayyormiz”, dedi murabbiy.

Bundan tashqari, murabbiy Sardor Rashidov va finalda jamoadan qanday o‘yin kutilayotgani haqida ham to‘xtaldi.

“Sardor Rashidov jarohatidan tiklanib safga qaytdi va endi maydonga tusha olishiga ishonaman. Buni o‘zi istamoqda. Ko‘ramiz.

Finalda ruhiyat muhim rol o‘ynaydi. Kim birinchi bo‘lib gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonishini taxmin qilishim mumkin. Jamoalar bir-birini juda-juda yaxshi taniydi

Bu final murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim o‘yinmi? Ayni damda – ha. Aytaylik, 2014 yilda shu savolga boshqacha javob bergan bo‘lardim, 2015 yilda ham boshqa o‘yinni aytardim. Finallar har doim yodda qoladi. Ertangi final – men va oilam uchun ham, “Navbahor”ga aloqador inson borki, ular uchun ham mavsumdagi eng muhim bahs”, deydi Namangan klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:07, 05.10.2024.
O'qildi: 1731 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.